Bugun Hindiston poytaxtida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlanadi.

Unda ikki nafar bokschimiz ringa koʻtariladi. Jumladan, - 52 kilogramm vazn toifasida sportchimiz Feruza Kazakova Janubiy Koreya vakili Junxyung Jun bilan jang qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 14:10 dan soʻng oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

- 57 kilogramm vazndagi bokschimiz Maxliyo Habibullayeva esa avstraliyalik Tina Raximi bilan soat 14:55 dan soʻng kuch sinashadi.

Har ikki sportchimizga ham boʻlajak janglarida omad tilaymiz.