Yigʻin doirasida termamiz “Festival Womens Trophy 2021” musobaqasida ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Bugun ushbu turnir doirasidagi ilk uchrashuv boʻlib oʻtadi. Unda vakillarimizga Ekvatorial Gvineya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi, deb xabar beradi sports.uz