Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat +22...+27 daraja, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +30...+33 daraja gacha boʻladi.
Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +24...+26 daraja boʻladi.
Togʻoldi va tog ʼli hududlarda Fargʻona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +13...+18 daraja iliq boʻladi.