Dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Erondan juda issiq havo kirib kelishi boshlandi, kunduzi termometr ustuni 38-41° gacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 42-44° gacha koʻtarildi.

Ushbu haftada iqlimiy qiymatlardan 5-7° ga yuqori boʻlgan havo harorati bilan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi, kechalari 23-26°, kunduz kunlari 39-42°, respublika janubida va choʻl hududlarida 43-45° boʻladi.

Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismida harorat 37-40° atrofida boʻladi, janubiy hududlarda 43-45° atrofida boʻlgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin.

Bugun ayrim togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.