Qurʼa natijalariga koʻra, -57 kilogramm vazn toifasidagi bokschimiz Mirzabek Mirzahalilov hamyurtlarimizning musobaqadagi ishtirokini boshlab beradi. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Mirzahalilovning jangi taxminan 12:25 dan soʻng start oladi. Unda yurtdoshimiz qozogʻistonlik Mahmud Sabirxonga qarshi bahs olib boradi.