Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat oldin ketishi mumkin

    Bilasizmi? 5 Iyun 2025 1279

    Ertaga 6-iyun — respublika boʻylab Qurbon hayiti nishonlanadi. Mazkur sana bayram kuni sifati belgilangan.

    Mehnat kodeksining 187-moddasiga koʻra, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

    Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni boʻlmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qoʻshimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash orqali kompensatsiya qilinadi.

    Eslatib oʻtish lozim, Qurbon hayitida oʻzbekistonliklar 3 kun dam oladi:

    • 6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
    • 7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga odatiy, 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni;
    • 8-iyun (yakshanba) — barcha uchun odatdagi dam olish kuni;

    9-iyun – dushanba kuni esa barcha uchun ish kuni hisoblanadi.