Bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda

    Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelmoqda. 2030-yilga borib bu koʻrsatkich 1 million nafarga yetadi.

    Bu davlat va jamiyat zimmasiga katta masʼuliyat yuklashi taʼkidlandi.

    Bu borada yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratildi. Birgina “Yoshlar daftari” orqali oʻtgan yili 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard soʻmlik yordam koʻrsatildi.

    Oʻtgan 8-yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra koʻpayib, bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda.

    Ishsiz yoshlar 2 karra kamaydi. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetdi.

    Shu bilan birga, Shoʻrchi, Buvayda, Furqat, Kasbi, Forish tumanlarida ishsiz yoshlar koʻpligi u yerdagi rahbarlarning masʼuliyatsizligidan dalolatligi koʻrsatib oʻtildi.