Bugun boks boʻyicha jahon chempionatining birinchi final janglari boʻlib oʻtadi

    Sport 13 May 2023 1700

    Boks boʻyicha poytaxtimizda oʻtkazilayotgan Jahon chempionati final bosqichiga 7 nafar hamyurtimiz yetib keldi. Ulardan 3 nafari bugun ringga koʻtariladi.

    Boks boʻyicha poytaxtimizda oʻtkazilayotgan Jahon chempionati final bosqichiga 7 nafar hamyurtimiz yetib keldi:

    -54 kg Oybek Joʻrayev

    -67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev

    -51 kg Hasanboy Doʻsmatov

    -57 kg Abdumalik Xalokov

    -63,5 kg Ruslan Abdullayev

    -71 kg Saidjamshid Jafarov

    +92 kg Bahodir Jalolov

    Shuningdek, 2 nafar bokschimiz Aʼloxon Abdullayev va Lazizbek Mullojonov bronza medalni qoʻlga kiritdi.

    Shuningdek, bugun hamyurtlarimizdan Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-67 kg), Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg) chempionlik uchun ringga koʻtarilishadi.

    Juftliklar quyidagicha:

    -67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Dulat Bekbauov (Qozogʻiston) 17:15

    -51 kg: Hasanboy Doʻsmatov - Bilal Bennama (Fransiya) 18:15

    +92 kg: Bahodir Jalolov - Alexandro Arzola (Kuba) 18:30