Uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi ishtirok etadi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy siyosat, Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning iqtisodiyot, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka erishishga ko‘maklashish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.