Bugun EL va EKL yarim finalchilari aniqlanadi

    Yevropada futbol bahslari davom etadi

    Kecha quhna qitʼada YCHL yarim finaliga chiqqan jamoalar nomi maʼlum boʻldi. Bugun esa Yevropa ligasida va Yevropa Konfederatsiyalar ligasida chorak finalning javob oʻyinlari boʻlib oʻtadi.

    YLda “Roma” “Feyenoord”ni qabul qiladi. Ikki jamoaning Niderlandiyada oʻtgan birinchi bahsida “Feyenoord” 1:0 hisobida gʻolib chiqqan.

    “Manchester Yunayted” “Sevilya” mehmoni boʻladi. Birinchi uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan.

    “Sporting” oʻz maydonida “Yuventus” bilan bahslashadi. Dastlabki oʻyinda turinliklar minimal hisobda (1:0) yutganini hisobga oladigan boʻlsak, Portugaliya klubida yarim finalga chiqish imkoni bor.

    Toʻrtinchi juftlik “Yunion” – “Bayer” bahsi ham shiddatli oʻtishi kutilyapti. Chunki ularning Germaniyadagi bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan.

    YKLda quyidagi jamolar yarim finalga chiqish uchun kurash olib boradi:

    “Vest Hem” – “Gent” (birinchi oʻyin natijasi – 1:1)

    “Nissa” – “Bazel” (2:2)

    “Fiorentina” – “Lex” (4:1)

    “AZ” – Anderlext (0:2)