Bu haqda Boku davlat universitetining astrofizika kafedrasi xabar berdi.
Quyosh botgandan so'ng, quyosh tizimining oltita sayyorasi – Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun tungi osmonda saf tortadi.
Kafedraning qayd etishicha, ushbu sayyoralardan to'rttasi – Venera, Mars, Yupiter va Saturnni oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Uran va Neptunni kuzatish uchun teleskop kerak.
Navbatdagi shunday sayyoralar paradi 2025-yil 28-fevralda kutilmoqda, bunda Merkuriy oltita sayyoraga qo'shiladi va osmonda Quyosh tizimidagi yettita sayyorani bir vaqtning o'zida kuzatish imkoniyati yuzaga keladi, deb xabar beradi report.az.