Bugun ergashev va Panfilova jahon chempionati supachasiga chiqadi

    Saudiya Arabistonida o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari bugundan bahslarga kirishadi.

    Jumladan, Adhamjon Ergashev -61 kilogramm, Jamina Panfilova esa -55 kilogramm vazn toifasida ishtirok etadi.

    Ergashevning chiqishi Toshkent vaqti bilan 18:30 ga to'g'ri keladi. Panfilova esa soat 21:00 da start oladigan dasturda medallar uchun kurash olib boradi.