O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi hamda O'zbekiston Respublikasining “Yoshlarning qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar doirasi bugun respublikamizning barcha hududlarida yoshlar bandligini ta'minlash, kasb-hunarga yo'naltirish ishlari faoli olib borilyapti.

Bu borada  Surxondaryo  viloyatining Qumqo'rg'on tumanida ham ishlar qizg'in pallada. Tumanda joriy yil g'alla hosilidan bo'shagan, “Aziza Asl Jasmina” fermer xo'jaligi ixtiyoridagi 50 gektar yer maydoni “Yoshlar daftari”ga  ro'yxatga kiritilgan, mehnatga layoqatli, aniq  ish joyiga ega bo'lmagan kam ta`minlangan 112 nafar yoshga 20 sotixdan ajratib berildi.

Vohaning Sherobod tumani misolida olib qaraydigan bo'lsak, tumanda yoshlarning bandligini ta`minlash bo'yicha ilgariroq 600 gektar yer maydonlariga anor ko'chatlari ekilib, uning 483 gektarida bog' yaratilgan edi. Endilikda, bu joy yerdan unumli foydalanish ishtiyoqida bo'lgan 273 nafar yoshlarga  ajratib berildi.

Bundan tashqari, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz 100 nafar yoshlarning har biriga 50 sotixdan jami 50 gektar yer ajratish orqali ularning bandligi ta`minlanib, daromad manbaiga ega bo'lishiga zamin yaratildi.       

Viloyatning Angor tumani  misolida xam bu borada arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanda hech qaerda ishlamaydigan 2086 nafar yoshlarning bandligini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 3,4 milliard so'm mablag' yo'naltirildi. 185 nafar yigit-qizning bo'sh turgan tomorqalardan foydalanib, o'zini o'zi  band qilishi uchun 1 milliard 37 million so'm mablag' evaziga issiqxonalar qurib berildi. O'tgan yil davomida tumanda tashkil etilgan mehnat yarmarkasi orqali 133 nafar yoshlar doimiy ish o'rniga ega bo'ldi. 198 nafar ishsiz yoshlarga bandlikka ko'maklashish markazi tomonidan yo'naltirilgan 141 million 966 ming so'm mablag' asosida stipendiya berilib, ularni 11 turdagi kasb-hunarga o'qitish ishlari yo'lga qo'yildi.

Bandixon tumanida ham  ishsiz yoshlar qatlamini foydali ishga jalb qilish, tumanning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida loyiha qiymati 18.8 million  dollar bo'lgan “Bandixon agro to'qimachilik  klasteri” tashkil qilinib, 600 ta  yangi  ish o'rinlari yaratildi.

Viloyatning  boshqa tumanlarida ham  joriy yilgi g'alla mavsumidan  bo'shagan er maydonlaridan ishsiz yoshlar 20 sotixdan 50 sotixgacha yer ajratildi. Tadbirkorlik bilan  shug'ullanmoqchi  bo'lgan  boshqa  yoshlar ham qo'llab-quvvatlanmoqda. Ular maxallalar kesimida aniqlab  olinib, aloxida ruyxati  shakllantirildi.  Yigit-qizlarning biznes loyihalari asosida chorvachilik,  issiqxona, bog'dorchilik, asalarichilikmi, durodgarchilik yo'nalishlarida bankdan  kredit  mablag'lari ajratilmoqda. Muammolari bor yoshlar bilan  mahalla kesimida ishlab, ularga  amaliy yordam berish ishlari yo'lga qo'yilyapti. Bu kabi ko'maklar ularning o'z yo'lini topib ketishiga xizmat qiladi.

Zoyir QULIYEV,

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrasanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspektsiyasining Surxondaryo viloyat boshqarmasi bo'limi bosh inspektori