AQSh Milliy okean va atmosfera ma'muriyati (NOAA) ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan shanba kuni X4,5 quyosh chaqnashi paytida koronal massaning koinotga chiqishi 16-sentabr kuni sayyoramizga ta'sir qiladi. Mutaxassislar G3 sinfidagi eng kuchli geomagnit bo'ronni bashorat qilmoqda.
Ayni paytda, Meteoagent portali Yerdagi yuqori darajadagi geomagnit faollik 17-sentabrgacha davom etishi haqida xabar berdi. Biroq, chorshanba kunidan boshlab bu ko'rsatkich keskin pasayib, uch ballga tushadi, deb xabar beradi korrespondent.net.