Bugun Farg'ona vodiysida yomg'ir, tog'li hududlarda qor yog'ishi mumkin

    Yashil sayyora 31 Oktabr 2022 1892

    31 oktyabr` kuni O'zbekiston bo'yicha yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg'ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarimda yomg'ir yog'adi.

    Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +13+18 iliq bo'ladi.

    Toshkent shahrida yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +14+16 iliq bo'ladi.

    Tog'li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg'ir, qor yog'adi, ba'zi joylarda kuchli bo'ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5+10 iliq bo'ladi.