3-oʻrini uchun kechadigan oʻyin 15:30 da start oladi hamda Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasi oʻrtasidagi bahsni Akobirxoʻja Shukurullayev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Baxtiyorxoʻja Shavkatov va Aleksandr Sidorov yordam beradi. Rustam Lutfullin esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi.
19:00 da boshlanadigan Uganda va Oʻzbekiston oʻrtasidagi final uchrashuvida bosh hakamlik Sayyodjon Zayniddinovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Vafo Karayev va Ismoil Nuraliyev yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi esa Nasrullo Kabirovga yuklatilgan.
OʻFA matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, vakillarimiz hal qiluvchi bahsda toʻliq oq rangda maydonga tushadigan boʻlishdi, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi.