Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 2-7° iliq, baʻzi joylarda 8-10° iliqgacha boʻladi .

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor koʻchish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq boʻladi.