Bugun harorat 28 darajagacha isiydi

    Bugun kunduzi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28 daraja boʻladi.

    Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida kisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28 daraja boʻladi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin , baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻli hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-16 daraja boʻladi.