Bugun kunduzi respublika boʼyicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi.
Baʼzi joylarda shamol chang-toʼzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Fargʼona viloyatining togʼ oldi va togʼli hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 40-45°, shimolda, janubda va choʼl hududlarda baʼzi joylarda 47° gacha boʼladi.
Poytaxtimizda havo quyoshli boʼladi. Maksimal harorati 41-43° ga yetadi.
Togʼli hududlarda yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʼzonlari kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37° boʼladi.