Hindistonda bugun, 24-yanvar kuni 75-respublika kuni nishonlanmoqda. 1950-yilning aynan shu kunida mamlakatning har bir fuqarosiga tenglik va adolat kafolatlangan Konstitutsiya qabul qilingan. Ushbu sanada mamlakat aholisi Mahatma Gandi, Javoharlal Neru, Sardar Patel kabi yetakchilarning ulkan hissalarini xotirlaydi.

Mazkur bayram Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasida ham oʻzgacha shukuhda nishonlanmoqda.

— Oʻzbekistondagi doʻstlarim va hamkasblarimdan ushbu bayram munosabati bilan koʻplab tabriklar qabul qilmoqdaman. Barchaga oʻz tashakkurimni bildiraman, — deydi Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabhat. — Hindiston va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik bizning davrimizda ham yanada mustahkamlanib, strategik sheriklik izchil rivojlanib borayotgani oʻziga xos mamnuniyat baxsh etadi.

Oʻtgan yili Hindiston eng muhim ikki tashkilot, yaʼni Shanxay hamkorlik tashkiloti va G20ga raislik qildi.  Hindistonning saʼy-harakatlari tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy hamkorlikni oshirish, sogʻliqni saqlash, yoqilgʻi va oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanishni taʼminlashga qaratildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Narendra Modining taklifiga binoan VGSS yetakchilari yigʻilishida ishtirok etdi.

2023-yil 1-dekabr kuni Dubayda boʻlib oʻtgan COP28 sammiti doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda mamlakatimiz Bosh vaziri Narendra Modilarning ham oʻzaro uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida sogʻliqni saqlash, taʼlim, farmatsevtika, anʼanaviy tibbiyot va boshqa sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirish muhimligini taʼkidladilar.

Hindistonning vakili sifatida ikki mamlakat oʻrtasidagi mavjud hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun bor salohiyatimiz bilan harakat qilishga tayyormiz, — deydi Manish Prabhat.

Taʼkidlash kerakki, Hindiston ilm-fan, sogʻlikni saqlash hamda taʼlim sohasida katta yutuqlarga erishmoqda.

 

Hindiston “Chandrayaan-3” missiyasi uchun nufuzli Leif Erikson Oy mukofotini oldi

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (HKTT) oyni tadqiq qilishda muhim bosqich boʻlgan “Chandrayaan-3” missiyasi uchun taniqli Leif Erikson mukofoti bilan taqdirlandi.

2023-yil 19-dekabrda Islandiyaning Husavik shahridagi Tadqiqotlar muzeyi tomonidan berilgan ushbu mukofot HKTTning oyni tadqiq etish va samoviy sirlarni tushunishga qoʻshgan hissasinining muhimligini eʼtirof etadi.

“Chandrayaan-3” missiyasi Hindiston kosmik tadqiqotlari tarixidagi ulkan yutuq boʻlib, 2023-yil 23-avgust kuni oyning janubiy qutbi yaqiniga muvaffaqiyatli qoʻndi. Ushbu ajoyib natija Hindistonni oyning ushbu mintaqasiga qoʻngan birinchi davlatga aylantirdi va shu bilan Hindiston  global kosmik kuchlarning elita guruhiga qoʻshildi.

“Yagona quyosh, bir makon, bir tarmoq” tashabbusi amalda

Shuningdek, “Yagona quyosh, bir makon, bir tarmoq” tashabbusi ham mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega sanaladi. Mazkur tashabbus Hindiston va Buyuk Britaniya tomonidan Xalqaro quyosh ittifoqi (XQI) va Jahon banki guruhining ikki tomonlama hamkorligi doirasida ishlab chiqilgan.

Qayta tiklanadigan energetika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan ushbu tashabbuslar keyinchalik Yashil tarmoqlar tashabbusi – “Yagona quyosh, bir makon, bir tarmoq” deb nomlangan yaxlit saʼy-harakatlarga birlashtirilib, umumiy maqsadi esa jamoaviy sadoqatni taʼkidlaydi. Oʻzaro bogʻlangan quyosh tarmoqlarining dunyodagi birinchi xalqaro tarmogʻi 140 ta davlatni uzluksiz quyosh yenergiyasi bilan bogʻlashni maqsad qilgan va XQIga aʼzo 80 ta davlat tomonidan maʼqullangan.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha xalqaro agentlik  tomonidan eʼlon qilingan statistik maʼlumotlarga koʻra, Hindiston qayta tiklanadigan energiya boʻyicha 4-oʻrida turadi.

 

  Hindistonda raqamli to'lovlarning jadal o'sishi: UPI

Raqamli toʻlovlar sohasida Hindiston Yagona toʻlovlar interfeysi (UPI) boshchiligidagi monumental siljishning guvohi boʻldi. 2023-yil dekabr holatiga koʻra, UPI 857 million tranzaksiyani qayd etdi, bu uning Hindistonning raqamli toʻlovlar bozoridagi dominant rolini koʻrsatib, 2022-23-moliya yilida bozorning 62% ulushini egallaydi. UPI tranzaksiyalarining bunday oʻsishi mamlakatning raqamli iqtisodiyotga oʻtishining yaqqol koʻrsatkichidir.

Bosh vazir Narendra Modining Hindistonda raqamli revolyutsiyani rivojlantirishga sodiqligi mamlakatning raqamli texnologiya imkoniyatlarini oʻzlashtirish va rivojlantirish borasidagi muhim yutuqlarini yaqqol aks ettiradi. Uning bayonotlari va tashabbuslari Hindistonni raqamli kuchga ega jamiyat va bilim iqtisodiyotiga aylantirishga qaratilgan.

Dordo — butun dunyoni o'ziga maftun etayotgan qishloq

Taʼkidlash kerakki, Hindistonda turizm sohasi ham samarali rivojlangan. Mahalliy hamjamiyatlar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan hududlarda sayyohlik tashabbuslari muvaffaqiyatining poydevori hisoblanadi. Ularning tarix, urf-odat va hikoyalar bilan chuqur bogʻliqligi bu manzilgohlar mohiyatini asrab-avaylashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Ana shunday manzilgohlardan biri Hindistonning boy madaniy merosi va tabiiy goʻzallikning ajoyib sehrini aks ettiruvchi Buyuk Kutchning oq choʻl mintaqasidagi Dordo qishlogʻidir. Mazkur qishloq xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlib, 2023-yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida oʻtkazilgan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley sessiyasida "Eng yaxshi sayyohlik qishlogʻi" nufuzli unvoni bilan mukofotlandi. Dordoning “Eng yaxshi sayyohlik qishlogʻi” deb eʼtirof etilishi shunchaki mukofot emas, bu Hindistonning hali foydalanilmagan turizm salohiyatidan dalolatdir.

Bir soʻz bilan aytganda, Hindiston bugungi davrda rivojlanish sari jadal odimlar bilan ketayotgan mamlakat sifatida diqqatga sazavordir.

Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi

Matbuot markazi