Bugun insoniyat sunʼiy intellekt davriga dadil qadam qoʻymoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

    «Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sunʼiy intellekt davriga dadil qadam qoʻymoqda.
    Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, taʼlim, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.
    Qaysi soha boʻlmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki boʻladi», – dedi davlatimiz rahbari.

    Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sunʼiy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan boʻlsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini koʻrsatyapti.