Bugun jamoamiz uchun hal qiluvchi oʻyin boʻladi

    Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Jahon chempionati guruh bosqichining soʻnggi turida Gvatemalaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

    Uchrashuvda oʻzbekistonlik futbolchilar toʻliq oq libosda, darvozabon esa toʻq sariq libosda harakatlanadi.

    Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Muhammad Maʼruf (Misr) ishlashi haqida avval ham xabar bergan edik. Unga qanotlarda Zakariyo Brinsi (Marokash) va Abbos Akram (Jazoir) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Bou Abdulazizga (Mavritaniya) topshirilgan.

    Shuningdek, VARʻda Amr El Shinavi (Misr) va Hamza El Fariq (Marokash) faoliyat yuritadi.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston – Gvatemala uchrashuvi bugun tunda – 27-mayga oʻtar kechasi soat 02:00 da start oladi.