Bugun joylarda havo harorati +32°S gacha koʻtariladi

    Oʻzgidromet bugun yogʻingarchilik kutilmasligini maʼlum qildi.

    Bugun kunduzi respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +27...+32 daraja boʻladi.

    Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +28...+30 daraja boʻladi.

    Togʻli hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +18...+23 daraja boʻladi.