Bugun kitob o'qisak, ertaga ko'plab yutuqlarga erishamiz

    Jizzax davlat pedagogika universitetida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida tadbirlar boshlandi.

    Tadbirning ochilish marosimiga taklif etilgan mehmonlar va tadbir ishtirokchilari tashrifni "Professorlar bog'i"da tashkil etilgan kitobxonlik ko'rgazmalarini tomosha qilishdan boshladi.

    Tadbirning osilish marosimida so'zga chiqqanlar esa yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlarda kitobga qiziqish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta'kidlab, kitobning inson qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarda mehr-oqibat tuyg'ularini kamol toptirishdagi o'rni haqida to'xtalib o'tdi.

    — Bugun universitetda "Kitobxonlik haftaligi"ga start berildi. Bu biz talabalar uchun yana bir imkoniyat desam xato qilmagan bo'laman. Biz bu yerda badiiy adabiyotlar bilan birgalikda yangi o'quv darsliklari va ilmiy adabiyotlarni ham ko'rdik. Maktablar uchun chiqarilgan yangi adabiyotlar ham e'tiborimni tortdi. Kitob ma'rifat va bilimlar manbaidir. Bugun kitob o'qisak, ertaga ko'pgina yutuqlarga erishamiz, uning nurida yashaymiz, — deydi talaba Madina Xushvaqtova.

    Axborot kutubxona markazida kitobxonlar uchun barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bugungi yoshlarimiz orasida kitobga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Buni kutubxonaga va ko'rgazmaga kelayotgan yoshlar misolida ham ko'rish mumkin.