Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli boʻladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 32-34° boʻladi.
Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Fargʻona viloyatlarining togʻli hududlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22-27° boʻladi.