Bugun kunduzi respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi — Oʻzgidromet

    Harorat +34...+39 daraja, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +41 darajagacha boʻladi.

    “Oʻzgidromet”ning xabar berishicha, bugun, 19-iyun kuni kunduzi respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Harorat +34...+39 daraja, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +41 darajagacha boʻladi.

    Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +35...+37 daraja boʻladi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +22......+27 daraja boʻladi.