Bugun mamlakatimizning janubiy hududlarida havo harorati 19-24 daraja iliq boʻladi

    Mamlakatimizda 9 Mart 2023 1339

    9-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 17-19 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab baʼzi joylarda tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab baʼzi joylarda tuman tushishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 19-24 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

    Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻli tumanlarda yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor yogʻadi). Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

    Muhim hodisalar

    8-10-mart kunlari respublikamizning togʻoldi va togʻli tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    8-10-mart kunlari respublikamizning togʻli tumanlarida qor koʻchishi xavfi bor.