Bugun mamlakatimizning ko'plab hududlarida yomg'ir yog'adi

    Mamlakatimizda 31 Yanvar 2023 2161

    Faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg'ona vodiysi viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi.

    31 yanvar kuni O'zbekiston bo'yicha havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi mumkin, faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg'ona vodiysi viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi.

    Ba'zi joylarga tuman tushadi. SHamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5+10 daraja iliq bo'ladi.

    Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan biroz yomg'ir yog'adi. SHamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +8+10 darajagacha isiydi.

    Tog'li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi, tuman tushishi mumkin. SHamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +2+7 daraja iliq bo'ladi.