Bugun Milliy terma jamoamiz KXDRga qarshi toʻp suradi

    Shu yilning 19-noyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 3-saralash bosqichida ikkinchi davra uchrashuvlarini boshlaydi.

    Uchrashuv Laosning Vyentyan shahridagi “Lao” stadionida Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.

    Bahsni quvaytlik hakamlar brigadasi boshqaradi. Aniqroq aytadigan boʻlsak oʻyinda Ali Ahmad bosh hakam sifatida ishlasa, unga qanotlarda Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. Toʻrtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani, VARʻda esa Abulloh Jamali faoliyat koʻrsatadi.

    Eslatib oʻtamiz: Milliy terma jamoamiz bu bellashuvda toʻliq koʻk, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi. KXDR futbolchilari esa anʼanaviy qizil formada maydonga tushadi.