Hamyurtimiz musobaqaning eng yuqori 1-divizionida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan holda grand finalga qadar yetib keldi. Hal qiluvchi oʻyinda Nodirbekka amerikalik Fabiano Karuana raqiblik qiladi.
Qayd etish lozimki, ular bungacha mazkur musobaqa yarim finalida ham uchrashishgan va unda Nodirbek gʻalabaga erishgandi. Karuana oʻtish oʻyinlari orqali Grand finalga yetib keldi.
Oʻyin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.