Ahamiyatlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Nodirbek Abdusattorov (2713) “Masters” va Javohir Sindorov (2654) “Chellenjer” guruhlarida ishtirok etmoqda. Bugun shaxmatchilar nufuzli turnirning 5-tur bellashuvlarida dona suradi. Unda Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik taniqli grossmeyster Magnus Karlsenga (2859), Javohir Sindorov esa braziliyalik Luis Paolo Supiga (2608) qarshi bahs olib boradi.

Ayni paytda Abdusattorov 4 turdan soʻng oʻz guruhida 3 ochko bilan ikkinchi, Sindorov esa 2.5 ochko bilan toʻrtinchi pogʻonada ketmoqda.