Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 8-sentabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

    Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, beqarorlik faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida saqlanib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

    Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37° ni, shimolda 23-28° ni tashkil etadi.

    Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 34-36° bo‘ladi.

    Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° bo‘ladi.