Oʻtgan davrda oʻqituvchilarning oyligiga qoʻshimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilindi.
«Eʼtibor bering, bugun oʻz ustida ishlagan 60 mingdan ortiq oʻqituvchi 10-12 million soʻm maosh olyapti. Bu qachon boʻlgan?» – dedi Prezident.
Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bogʻcha mudiralari va ularning oʻrinbosarlari oyligi ham 10 million soʻmdan oshdi. Yangi baholash tizimiga oʻtgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija koʻrsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.
«Men xalqimizga vaqti kelib oʻqituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi», – dedi davlatimiz rahbari.