Bugun Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi — Oʻzgidromet

    Mamlakatimizda 23 Mart 2023 10036

    Faqat Surxondaryo viloyatida ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat +20...+25 daraja iliq boʻladi.

    Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +22...+24 daraja iliq boʻladi.

    Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +10...+15 daraja iliq boʻladi.