Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Venesuela bilan oʻynaydi

    Bugun Saudiya Arabistonida yigʻin olib borayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi oʻrtoqlik oʻyinini Venesuelaga qarshi oʻtkazadi.

    Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da Jiddadagi “King Abdullah Sport City” stadionida boshlanadi. Srechko Katanes shogirdlari bundan oldin Boliviyani Eldor Shomurodovning yagona goli evaziga 1:0 hisobida magʻlub etishgandi.

    Maʼlumot oʻrnida, Venesuela FIFA reytingida 55-oʻrinda, Oʻzbekiston esa 77-pogʻonada turibdi.