Bugun Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Marokash bilan oʻynaydi

    Bugun Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Marokashda oxirgi oʻrtoqlik uchrashuvini mezbonlarga qarshi oʻtkazadi.

    Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 27-martdan 28-martga oʻtar kechasi 01:30 da boshlanadi. Bahs Rabotdagi “Mulay Abdulla” sport kompleksi maydonida oʻtishi rejalashtirilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Timur Kapadze shogirdlari bundan oldin Togoni 5:3 hisobida yengib, Kot-dʻIvuar bilan golsiz durang (0:0) oʻynagandi.

    Marokashliklar esa oʻz navbatida, Togoni 2:0 hisobida magʻlub etib, Kot-dʻIvuarga 2:3 hisobida yutqazishgan.