8-10-fevral kunlari boʻlib oʻtadigan tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Nur-Sultonda Qozogʻiston parlamenti palatalari raislari bilan uchrashadi va muzokaralar oʻtkazadi.

Delegatsiyani Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev qabul qilishi kutilyapti.

Taʼkidlash kerakki, soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama parlamentlararo munosabatlar dinamikasi sezilarli darajada faollashdi. 2017-yil 7-martda tuzilgan Oliy Majlis va Qozogʻiston parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha Parlamentlararo guruhi doirasida tizimli muloqot yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻzbekiston delegatsiyasining tashrifi chogʻida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Qozogʻiston parlamenti Majlisi oʻrtasida Parlamentlararo hamkorlik kengashi toʻgʻrisidagi bitim imzolanishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.