U 1983-yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1983-yil Toshkent telefon-telegraf stansiyasida muhandislikdan boshlab, oʻtgan yillarda qator masʼul lavozimlarda ishlagan. Xususan, Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari boʻlgan.
2016-yil 12-dekabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlikka nomzodi koʻrsatilib, 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.
2020-yilning 21-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Prezidentning Bosh vazir nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasini koʻrib chiqib, Abdulla Aripovni Bosh vazir etib tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.
Abdulla Aripov «Doʻstlik», «Mehnat shuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan mukofotlangan.
«Yangi Oʻzbekiston» — «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati jamoasi Abdulla Nigmatovichni tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi hamda mustahkam sogʻlik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat, masʼuliyatli davlat lavozimidagi faoliyatiga yangi zafarlar tilaydi.









