Bugun Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi

    Mamlakatimizda 2 Avgust 2021 1884

    Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40° ni tashkil etadi.

    Bugun kunduz kuni Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarining kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40° ni tashkil etadi.

    Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 36-38° gacha isiydi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° boʻladi.

    Kutilayotgan mahalliy yomgʻirlar hisobiga respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi bor.