"O‘zgidromet" kuchli yog‘ingarchilikdan ogohlantirmoqda.

Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.  Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 4-9° iliqgacha, shimolda 1-6° iliqgacha bo‘ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarimda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduz kuni 5-7° iliqni tashkil etadi.