Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi

    Yashil sayyora 27 Oktabr 2021 832

    27-oktyabr kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi Gidrometeorologiya xizmati markazi.

    Qayd etilishicha, bugun poytaxtda shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.