Bugun “Pravda Vostoka” gazetasi 105 yoshga toʻldi

    Voqea-hodisalar 2 Aprel 2022 2715

    “Pravda Vostoka” gazetasi Oʻzbekistondagi eng keksa ijtimoiy-siyosiy nashr sanaladi.

    Gazeta 1917-yil 2-apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan. 1924-yildan “Pravda Vostoka” deya nomlangan gazeta 1975-yildan buyon har kuni nashr etiladi.

    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-yanvardagi qarori bilan “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi nomi “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi deb oʻzgartirildi hamda ikkala gazeta bitta tahririyatga birlashdi.

    Bugun gazetaning qariyb 30 ming (29836)-soni oʻquvchilar qoʻliga yetib bordi.

    Gazeta oʻtgan yillar davomida mamlakatimizda boʻlayotgan voqea-hodisalarni oʻz oʻquvchilariga uzluksiz yetkazib berayotgan nashr boʻlib, bugun mediakonvergensiya asosida zamonaviy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy saahifalari orqali butun dunyoga axborot tarqatmoqda.

    “Pravda Vostoka” gazetasining 105-yillik yubiley bayrami bilan Tahririyat jamoasini, shu gazetada mehnat qilgan ustoz jurnalistlarni, faxriy hamkasblarimizni muborakbod etib, birlashgan Tahririyat jamoasiga kuch-quvvat, ijodiy muvoffaqiyatlar tilaymiz.