Tadbirda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, salohiyati va iqtidorini yuzaga chiqarish boʻyicha yangi tashabbuslar ilgari suriladi, ilhomlantiruvchi misollar, mamlakatning ertangi kunini belgilashga qodir gʻoyalar va yechimlar taqdim etiladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, ularning innovatsiya, “yashil“ iqtisodiyot, kreativ sanoat, tadbirkorlik va IT sohalaridagi ilgʻor ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishadi, — deb yozadi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.












