Бугун Президент Туркия Республикаси делегацияси билан учрашув ўтказади

    Hukumat 12 Sentabr 2024 1160

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazadi.

    Turkiya delegatsiyasi Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil 6-7-iyun kunlari ushbu mamlakatga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq Toshkentga tashrif buyurdi.

    Ikki tomonlama muzokaralar hamda tashqi siyosat, huquqni muhofaza qilish idoralari va maxsus xizmatlar rahbarlarining qoʻshma uchrashuvini oʻtkazish rejalashtirilgan.

    Mamlakatlarimiz yetakchilarining qarorlarini amalga oshirish, xavfsizlik uchun zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda oʻzaro muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

    Taʼkidlash joizki, bunday formatdagi uchrashuvlar ilk bor oʻtkazilmoqda hamda Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining ustuvor yoʻnalishlarida tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.