Umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi dunyo birinchiligida jami 281 nafar shaxmatchi jahon chempionligi uchun dona suradi. Ular orasida oʻzbekistonlik shaxmatchilar, xususan rapid boʻyicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham bor. Dastlabki uch kun rapid boʻyicha musobaqa tashkil etiladi. Bugun shaxmatchilar beshta partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.

Eʼtiborga molik jihati shundaki, Oʻzbekistonning birinchi ayol grossmeysteri Nafisa Moʻminova katta tanaffusdan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi safida yana bahslarga kirishadi.

Oʻzbekistonlik shaxmatchilar ishtirokidagi 1-tur oʻyinlari:

Richard Rapport (Ruminiya, 2802) - Jahongir Vohidov (2530)

Nodirbek Abdusattorov (2676) - Denis Kadrik (Chernogoriya, 2482)

Shamsiddin Vohidov (2481) - Maksim Matlakov (FIDE, 2671)

Javohir Sindarov (2596) - Petr Kostenko (Qozogʻiston, 2404)

Bharatakoti Harsha (Hindiston, 2574) - Muhiddin Madaminov (2337)

Nodirbek Yaqubboyev (2573) - Semetey Tologon (Qirgʻiziston, 2319)

Amin Bassem (Misr, 2567) - Humoyun Begmuratov (2292)

Aristanbek Urazayev (Qozogʻiston, 2535) - Muhammadzohid Suyarov (2089)

Qizlar:

Umida Omonova (2059) - Aleksandra Malsevskaya (Polsha, 2327)

Afruza Hamdamova (2052) - Ulviya Fataliyeva (Ozarbayjon, 2322)

Asiya Assilxan (Qozogʻiston, 1360) - Nafisa Moʻminova (2242)