Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 2-7 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7 daraja iliq boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq oraligʻida boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.