Bugun shaxmatchilarimiz Fransiya va Turkiyaga qarshi dona suradi

    Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi oʻz yakuniga yetadi.

    Shu yilning 22-sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida yigitlar jamoasi Fransiya terma jamoasiga, qizlar terma jamoasi esa Turkiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

    Avvalroq Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 10-tur oʻyinlarida Oʻzbekiston jamoasi Xitoy terma jamoasiga yengilgandi.