Bugun 178 nafar shaxmatchi qatnashayotgan erkaklar oʻrtasidagi blis bahslarida 13, ayollarda 10-tur bilan ikkinchi kungi uchrashuvlar boshlanadi. Hal qiluvchi chempionlik partiyalari oldidan erkaklarda amerikalik Xikaru Nakamura, ayollarda FIDE bayrogʻi ostida oʻynayotgan rossiyalik Polina Shuvalova peshqadamlik qilyapti.

Blis bahslarida hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natija qayd etib turgan 16 yoshli Muhiddin Madaminov bugun 13-turda oʻzi singari 8 ochkoga ega ozarbayjonlik taniqli grossmeyster Shaxriyar Mamedyarovga qarshi qora donalarda oʻynaydi.

Yana bir qiziqarli uchrashuv isteʼdodli shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov (2217) ishtirokida boʻlib oʻtadi. U 13-turda qora donalarda sobiq vatandoshimiz, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Timur Gareyev (AQSH, 2553)ga qarshi bahs olib boradi.

Shaxmatchilarimizning bugungi ilk raqiblari:

Shahriyar Mamadyarov (Ozarbayjon, 2733) - Muhiddin Madaminov (2333)

Jahongir Vohidov (2507) - Aleksandr Grishuk (FIDE, 2763)

Endryu Tang (AQSH, 2582) - Nodirbek Abdusattorov (2666)

Dambasuren Batsuren (Moʻgʻuliston, 2409) - Javohir Sindarov (2639)

Nodirbek Yakubboyev (2560) - Mamikon Garibiyan (Armaniston, 2401)

Shamsiddin Vohidov (2597) - Artyom Uskov (FIDE, 2401)

Timur Gareyev (AQSH, 2553) - Muhammadzohid Suyarov (2217)

Ediz Gurel (Turkiya, 2345) - Humoyun Begmuratov (2267)

Qizlar:

Umida Omonova (1978) - Yuliya Osmak (Ukraina, 2328)

Govhar Beydullayeva (Ozarbayjon, 2256) - Afruza Hamdamova (2018)

Nafisa Moʻminova (2258) - Zarina Nurgaliyeva (Qozogʻiston, 1904)