Ushbu oʻyin bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi. Bahs “Futbol TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

“Soʻgʻdiyona” ushbu oʻyin oldidan guruhda birinchi oʻrinni egallab turibdi. Bugungi raqib “Altin Asr” esa 4 ochko bilan ikkinchi pogʻonani band etgan. Ushbu bahs guruh gʻolibini aniqlab beradi. Gʻolib esa mintaqaviy finalda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi. Guruhdan joy olgan SSKA (Tojikiston) va “Neftchi” (Qirgʻiziston) jamoalari esa guruhdan chiqish imkonidan mahrum boʻlgan.