Rossiyaning Sochi shahrida joylashgan "Red Arena" majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Oqshomning markaziy jangida birinchi oʻrta vazn toifasida Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin Gʻoibnazarov (11-1-0) rossiyalik sobiq jahon chempioni Rajab Butayev (14-1-0)ga qarshi jang oʻtkazadi.

Shuningdek, bugun oʻzbekistonlik bokschilardan Hasanboy Doʻsmatov, Botir Ahmedov hamda Muhammadsalim Sotvoldiyev ham ringga chiqadi. Ahmedov - Sotvoldiyev jangi oʻzbek derbisida kim kuchli, degan savolga javob beradi.

Bugungi boks oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da start oladi. 

Oʻzbekistonlik bokschilar ishtirokidagi janglar:

Markaziy jang. Birinchi oʻrta vaznda 10 raundlik jang: Fazliddin Gʻoibnazarov (11-1-0) - Rajab Butayev (Rossiya, 14-1-0) 

Minimal vaznda 10 raundlik jang: Hasanboy Doʻsmatov (5-0-0) - Sifamandla Baleni (JAR, 21-5-2)

Yarim oʻrta vaznda 8 raundlik jang: Botir Ahmedov (9-3-0) - Muhammadsalim Sotvoldiyev (7-7-2).